
Supero‘yin ko‘rsatgan Fayzullaev qanday baholandi, Abbos g‘alabadan keyin nimalar dedi?
Rossiya kubogi guruh bosqichi to‘rtinchi turida nihoyat TsSKA futbolchilari yigirma mingdan ziyod muxlislar ko‘z o‘ngida “Krasnodar” ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.
Bu bahs “armiyachilar” uchun juda muhim edi. Yangi mavsumda poytaxt jamoasi krasnodarliklar bilan ikki marotaba to‘qnash kelib, har ikkisida mag‘lubiyatga uchragandi.
“Krasnodar” shu tariqa eng noqulay va xavfli raqib maqomiga ega bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, TsSKA muxlislari bu jamoadan cho‘chib qoldi.
Bu mavsumdagi o‘zaro uchinchi to‘qnashuvga Moskva shahri mezbonlik qildi. Har ikki jamoa g‘alaba uchun to‘p surdi. Biroq “armiyachilar” mehmondo‘stlik qilgani yo‘q. Abbosbek Fayzullaev jamoasining aksariyat hujumlarini tashkil qilish orqali “Krasnodar” himoyachilarini bosim ostida ushlab turdi.
20 yoshli legionerimizning kreativ usulda uzatgan ikki pasini Milan Gayich va MMatvey Kislyak raqib darvozasiga joyladi. Abbosning o‘zi ham gol urishga yaqin kelgandi. Uning 18 metrdan yo‘llagan aniq zarbasini darvozabon katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi.
O‘yindan keyin Fayzullaevning o‘yiniga quyidagicha baho berilmoqda.
Maksim Kvyatovskiy, bobsoccer.ru sayti eksperti:
Bu g‘alaba qanchalar muhim! Raqib o‘ta kuchli, bu mavsum chempionatda ham, kubok o‘yinlarida ham bugungi kungacha biror marotaba mag‘lub bo‘lmagan.
Uchrashuvda “armiyachilar”ning aksariyati maqtovga loyiq o‘yin ko‘rsatdi, lekin ikki nafarini alohida ajratib ko‘rsatish zarur. Abbosbek Fayzullaev mavsumdagi eng zo‘r o‘yinini o‘tkazdi. Uning o‘yinini kuzatish – rohat! Harakatlari chiroyli, samarali va o‘yinni kuchaytirishga yo‘naltirilgan.
Fayzullaev bu bahsda ikkita golli pas uzatdi, birini Milan Gayichga va ikkinchisini Matvey Kislyakka.
Moyzes ham juda zo‘r o‘ynadi. Himoyani mustahkam ushladi. Darvoza daxlsiz qoldi, demak, himoyachilar yaxshi harakat qildi.
Andrey Jarkoy, football.kulichki.net sayti eksperti:
Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi shubhasiz Abbosbek Fayzullaev bo‘ldi. O‘zbek futbolchisi juda zo‘r o‘yin o‘tkazdi.
Abbos TsSKAning har bir hujumida faollik ko‘rsatdi, poytaxt jamoasining har ikki golida uning xizmati bor. Fayzullaev Milan Gayich va Matvey Kislyakni golli pas bilan ta’minlab, o‘z hisobiga ikkita golli pas yozdirib qo‘ydi.
Jamoasining g‘alabasini ta’minlab bergan Abbosbek Fayzullaevning o‘zi ham uchrashuvdan keyin fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Hissiyotlar juda zo‘r, chunki yutdik. Stadiondagi muhit ajoyib bo‘ldi, muxlislar bizni oxirigacha qo‘llab quvvatladi. Uch ochko oldik va oldinga qarab, harakatni davom ettiramiz.
“Krasnodar” bilan o‘yinda revansh olish hissiyoti bormidi? Biz har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish va uch ochkoni qo‘lga kiritishni istaymiz. Bu gal maqsadimiz amalga oshdi, keyingi bellashuvlarda ham buni uddalaymiz, deb o‘ylayman, - dedi Abbosbek Fayzullaev.
TsSKA futbolchilari Kubok doirasidagi keyingi uchrashuvni 1 oktyabr kuni “Nijniy Novgorod” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ungacha “armiyachilar” Premer ligada “Rubin” (21 sentyabr) va “Axmat” (28 sentyabr) jamoalari bilan kuch sinashadi.
Fayzullaev jamoaga g‘alaba keltirish qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi!
Mashhur murabbiy Shomurodovga emas, Ronalduga ustozlik qiladigan bo‘ldi!
Hayratdamiz, Husanov bu gal ham bopladi! Frantsiyalik muxlislar legionerimiz haqida yana nimalar dedi?
“Lans”: Ular Husanovni tanlashdi! Abduqodir Manchesterga 60 million evroga ketgan Leni Yorodan ancha kuchli...
Shomurodovni "Roma"da olib qolgan murabbiy nega ishdan olindi?
Fikrlar