Superliganing eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi
Superliganing joriy mavsumi yakunlanishiga bir tur qoldi. Kecha "Neftchi" o‘z uyida "Qizilqum"ni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. UzPFL chempionatning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi. "Yil javoxiri" sovrini uchun quyidagi futbolchilar kurash olib boradi.
Firdavs Abdurahmonov ("Dinamo") — 23 o‘yin, 6 gol, 3 assist, 1406 daqiqa
Behruzjon Karimov ("Surxon") — 13 o‘yin, 3 gol, 879 daqiqa
Sardor Bahromov ("Nasaf") — 21 o‘yin, 1 gol, 971 daqiqa
G‘anisher Qodirov ("Sho‘rtan") — 13 o‘yin, 3 gol, 1 assist, 530 daqiqa
Oybek O‘rmonjonov ("Dinamo") — 27 o‘yin, 4 gol, 3 assist, 1486 daqiqa



Fikrlar