
Superligada hali mag‘lubiyatga uchramagan uchta klub qoldi
Superligada 7-tur o‘z nihoyasiga etdi. Faqatgina "Dinamo" - "Neftchi" bahsi o‘tkazilmadi, qolgan barcha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi va OKMK birinchi mag‘lubiyatni qabul qilib ham oldi. "Bunyodkor"ga qarshi bahsda Mirjalol Qosimov shogirdlari 1:0 hisobida taslim bo‘lishdi. Yagona gol muallifi esa Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Olmaliqliklar chempionatda qatorasiga 10 ta uchrashuvdan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelishayotgandi. So‘nggi marta jamoa ustidan "Neftchi" o‘tgan mavsum g‘alaba qozongan. OKMK bu "Bunyodkor"dagi o‘yindan keyin nafaqat seriyasiga barham berdi, balki birinchi o‘rinni ham qo‘ldan chiqardi.
Endilikda bu mavsum mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirayotgan 3 ta klub qoldi: "Nasaf", "Bunyodkor" va "Dinamo"
Fikrlar