
Superliga. Yomg‘ir ostida o‘tgan Vodiy derbisida kuchlar teng keldi
Namangan shahrida kechgan Vodiy derbisida kuchlar teng keldi - 1:1. Bellashuvning 18-daqiqasida Ro‘zimboy Ahmedov Oybek Qilichevning uzatmasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Aziz Ibragimov muvozanatni tikladi.
Shu tariqa "lochinlar" hisobidagi ochkolar soni 14 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. "Andijon" esa 8 ochko bilan 11-pog‘onadan joy oldi.
Fikrlar
Yana hakam aybdor. Yana raqib jamoa raqqos Otgan yili Arveladze hamma narsaga maydonni holatini bahona qilardi. Endi Kanchelskisni bahonalari xit bo‘ladi. Muxlislarga ma‘naviyat soati o‘tiladi endi
Andijonni muhlislari va futbolchilariga gap yo'q.
Hamma ayb o'zimizda tarkib va bosh murabbiyni o'ta o'ziga ishinib yuborganida.
Muhlislar aytganizdek yomg'irda ham tik turib padeshka qildi. Lekin oxirida muxlislarni hurmatini qilmay chiqib ketganlar ham o'zimizni futbolchilar bo'ldi.