
Superliga. "Paxtakor" yirik hisobda, "Bunyodkor" qiyin g‘alabaga erishdi
O‘zbekiston Superligasi 17-turi doirasidagi bugun bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvlar yakunlandi. "Metallurg" maydoniga safar qilgan "Paxtakor" 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Cheran hisobni ochgan bo‘lsa, Aziz Turg‘unboev hamda Boyan Matich bir marotabadan o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu g‘alaba natijasida "sherlar" ochkolari sonini 47 taga etkazib olgan holda, peshqadamlikni 17 ochkogacha mustahkamladi. "Metallurg" 16 ochko bilan 11-pog‘onada joylashgan.
Shuningdek, "Qo‘qon-1912"ni qabul qilgan "Bunyodkor" 2:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
"Qaldirg‘ochlar"ning gollari Lutfulla To‘raev va Davron Ergashev tomonidan kiritildi, bunga mehmonlar safida Ivan Yosovich bir bor javob qaytardi.
Qiyin g‘alabaga erishgan "Bunyodkor" 28 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi. 9-pog‘onadagi qo‘qonliklar 20 ochko jamg‘argan.
Fikrlar