
Superliga. OKMKning eronlik legioneri jamoaga "Olimpik" ustidan g‘alabani taqdim etdi
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - OKMK uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 0:1 hisobida mehmonlar g‘alabasi bilan yakun topdi.
Olmaliqliklarning yagona goli Siyavash Haqnazari nomiga qayd etildi. Bu gol yakunda bellashuv taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, "konchilar" ochkolari sonini 6 taga etkazib, jadvalda 3-o‘ringa chiqib oldi. "Olimpik" hisobida 4 ochko mavjud bo‘lib, "olimpiyachilar" 5-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar