
Superliga. Ofsayddan gol urgan "Bunyodkor" so‘nggi daqiqada "Turon"dan g‘alabani ilib ketdi
O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Turon" - "Bunyodkor" bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Mehmonlar dastlab Farhod O‘tkirovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq keyin ma’lum bo‘lishicha, bu gol ofsayddan urilgan ekan. Ikkinchi golni esa Rasul Yo‘ldoshev kiritdi. Maydon egalarining yagona goli Fayzullo Jumanqo‘ziev nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Bunyodkor" 23 ochko bilan 7-o‘ringa chiqib oldi. 12 ochkosi bor "tulporlar" 12-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar