
Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Superligasi 10-turidan o‘rin olgan "Navbahor" va "Mash’al" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv o‘z yakuniga etdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, birinchi taym so‘ngida Baxrom Abdurahimov hisobni ochdi. Ikkinchi taymda Ivan Solovev oradagi farqni oshirgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay, Humoyun Murtazoev hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa, kichik hisobda zafar quchgan "lochinlar" ochkolari sonini 13 taga etkazib oldi. Muborakliklar hisobida 8 ochko mavjud.
Fikrlar