
Superliga. Mart oyining eng yaxshi hakami aniqlandi
Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumning 2-yarmidan boshlab O‘zbekiston futbol hakamlari markazi har oy yakunlariga ko‘ra eng yaxshi hakamni aniqlab keladi. Bunda oy davomida uchrashuvlarda eng kam xato qilgan hamda nazoratchi tomonidan yuqori ball olgan hakamlar nomzod sifatida tanlab olinadi.
Superliga doirasida mart oyida ishlagan hakamlar orasidan eng yaxshisini aniqlash borasida o‘tkazilgan so‘rovnoma o‘z nihoyasiga etdi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Rustam Lutfullin mart oyining eng yaxshi hakami, deb topildi. Demak, o‘tgan oyning eng yaxshi hakamlari ketma-ketligi bilan tanishing:
1. Rustam Lutfullin
2. Asker Najafaliev
3. G‘ayrat Jo‘raev.
Fikrlar