Superliga klublari yangi yil bilan barchani tabriklashdi! (FOTO)

  • 31 dekabr, 2019, 17:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 2019 yilgi mavsumida qatnashgan 14 ta klub o‘z muxlislarini kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklashdi.

Tecno

Jamoalar o‘zlarining telegram rasmiy sahifalarida bayram bilan qanday qutlaganlarini ko‘rishingiz mumkin!

"Paxtakor":

photo_2019-12-31_07-37-19

 

 

"Lokomotiv": "Lokomotiv" Professional futbol klubi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi 2020 yil bayrami bilan tabriklaydi.

Yangi yilda barcha xayrli ishlaringizda omad yor bo‘lsin.
Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut-baraka va oilangizdan shodu-hurramlik aslo arimasin.

Hurmat bilan, "Lokomotiv" PFK

photo_2019-12-31_11-23-20

 

 

"Bunyodkor": "Bunyodkor" futbol klubi barchangizni Yangi yil bilan tabriklaydi!

photo_2019-12-31_12-07-34

 

 

"So‘g‘diyona": "So‘g‘diyona" PFK Yangi yil bilan barchani muborakbod etadi!

Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli do‘stlar!
Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2020-yil bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yangi yil Siz azizlarga ulkan muvaffaqiyatlar, baxtu-saodat, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik va xonadonlaringizga fayzu-baraka olib kelsin!

So‘g‘diyona matbuot xizmati

photo_2019-12-31_10-18-43

 

 

"Metallurg": Kirib kelayotgan Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

"Metallurg" professional futbol klubi barcha yurtdoshlarimizni, ular qatori Bekobod ahlini, O‘zbekiston metallurgiya kombinati rahbariyati, ishchi xizmatchilarini, “Metallurg” klubi bilan har doim yonma yon, hamnafas bo‘layotgan insonlarni, homiylarimiz, hamkorlarimiz, muxlislarimizni kirib kelayotgan Yangi yil – Olimpiada yili bilan muborakbod etadi.

Tarix sahifalaridan joy olib ulgurayotgan yilni kuzatar ekanmiz, juda ko‘p sohalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar ko‘z oldimizda bir bir o‘tadi. Umid qilamizki, 2020 yil ham jonajon O‘zbekistonimiz uchun har jabhada oldinga siljish, yutuqlar, g‘alabalar yili bo‘ladi! Avvalo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Xalqimiz farovon turmush kechirsin. Xonadonlarda to‘y, marakalar bo‘lsin. Barcha yurtdoshlarimiz xonadoniga qut-baraka, omad, sihat salomatlik tilaymiz!

O‘zbek futboli yanada gurkirab rivojlanishini istaymiz! Olimpiya terma jamoamiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Tokio yo‘llanmasini qo‘lga kiritsin! Milliy terma jamoamiz Qatar-2022 yo‘lida saralash o‘yinlarida zafarli yurishlari bilan xalqimizni xursand etsin! Yoshlar, o‘smirlar, futzal terma jamoalarimiz ham xalqaro maydonlarda yutuqlari bilan mamlakatimiz sha’ni, shavkatini oshirsin!

Ichki musobaqalarimiz – Superliga, Pro-liga, O‘zbekiston kubogi, Liga kubogi musobaqalari murosasiz, qiziqarli o‘tib, tomoshabinlar auditoriyasini ko‘paytirsin. Klublarimizga qit’a miqyosidagi bahslarda omad yor bo‘lsin!

Yangi yil barchamizga omad keltirsin! Yangi – 2020 yilingiz – Olimpiada yili muborak bo‘lsin azizlar!

“Metallurg” PFK jamoasi

photo_2019-12-31_08-39-46

 

 

"Surxon": "Surxon" PFK jamoasi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan tabriklaydi!

Yangi yil O‘zbek futboli uchun ham omadli va zafarli bo‘lsin! Futbolimiz yanada rivojlanishdan to‘xtamasin!

2020 yil Futbolimizga ulkan yutuqlar olib kelsin!

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

photo_2019-12-31_11-34-08

 

 

"Nasaf": "Nasaf" yangi yil bilan tabriklaydi!

«Nasaf» futbol klubi barchani kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan muborakbod etadi. Yangi yil ulkan zafarlar, barcha orzu va niyatlarning ro‘yobini tilab qoladi.

Kirib kelayotgan 2020 yil barchamiz uchun omadli kelsin!

photo_2019-12-31_09-58-17

 

 

 

AGMK: AGMK PFK barcha yurtdoshlarimiz hamda futbol ishqibozlarini kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan muborakbod etadi!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Yangi 2020 yil o‘zbek futboli uchun omadli va zafarli bo‘lishini tilaydi!

Yangi marralar sari olg‘a O‘zbekiston

photo_2019-12-31_11-34-42

 

 

"Navbahor": Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
“Navbahor” PFK jamoasi barcha yurtdoshlarimizni, futbol sohasida faoliyat olib borayotgan yurtimizdagi insonlar, shuningdek, muxlislarni kirib kelayotgan yangi – 2020 yil bilan tabriklaydi.

Yangi yil barchangizga oilaviy baxt, quvonch va shodlik olib kelsin!
Yangi yilda ushalmagan orzularingiz ushalsin.
Yangi yil O‘zbekiston futboliga quvonch hamda zafarlar olib kelsin!

“Navbahor” PFK jamoasi.

photo_2019-12-31_13-03-39

 

 

"Andijon": "Andijon" PFK 2020 yil bilan tabriklaydi!

"Andijon" professional futbol klubi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi - 2020 yil bilan muborakbod etadi!

Yangi yil barchamizga yangi omad, zafar, g‘alabalar olib kelsin! Xonadoningizga tinchlik, xotirjamlik, oilangizga baxt-saodat tilaymiz!

Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Yana bir bor kirib kelayotgan Yangi yil muborak bo‘lsin!

photo_2019-12-29_22-17-34

 

 

"Qo‘qon-1912":

photo_2019-12-29_10-57-49

 

 

"Buxoro": “Buxoro” futbol klubi nomidan barchangizni kirib kelayotgan yangi – 2020 yil bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, xonadoningizga qut-baraka tilaymiz.

Yangi yil ulkan zafarlar, yaxshi xushxabarlar, omad, farovonlik va muvaffaqiyatlar yili boʻlsin!

PFK "BUXORO" MATBUOT XIZMATI.

photo_2019-12-31_09-32-44

 

 

"Qizilqum":

photo_2019-12-31_09-03-17

 

 

"Dinamo": "Dinamo" PFK jamoasi barchani kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan muborakbod etib, yangi yilda omad va zafarlar, barcha orzu va niyatlarning ro‘yobini tilab qoladi.

photo_2019-12-31_10-46-25

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!