Superliga. Bugun so‘nggi tur boshlanadi va muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi!

  • 29 noyabr, 00:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing so‘nggi 30-turi start oladi. 
 
Kun davomida tur doirasidagi ilk 3 uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. "Nasaf" o‘z maydonida Samarqandning "Dinamo" klubini qabul qiladi. Kamoliddin Tojiev boshchiligidagi "Paxtakor" klubi esa Namanganda "Navbahor" mehmoni bo‘ladi. Shuningdek, "Qizilqum" ham o‘z uyida "Sho‘rtan"ni qabul qiladi. Barcha bellashuv soat 15:00’da start oladi. 
 
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblarining nomi bugun aniqlanadi. "Paxtakor", "Nasaf" va "Dinamo" ushbu o‘rinlar uchun kuch sinashadi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, tur doirasidagi so‘nggi 7 ta to‘qnashuv esa ertaga bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuvlar ham soat 15:00’da boshlanadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!