Superliga. AGMK - "Lokomotiv" o‘yini oldidan qiziq fakt!

  • 8 avgust, 2022, 13:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 15-turida AGMK o‘z maydonida Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qiladi. Ushbu o‘yin 10 avgust soat 19:00 da start oladi. 

Tecno

Mazkur bahs oldidan biz muxlislarga qiziq faktni taqdim etamiz. Unga ko‘ra, ushbu klublar o‘rtasidagi so‘nggi ikki o‘yinda "konchilar" gol urgan va oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas "temiryo‘lchilar" gol bilan javob qaytargan. 

11 mart kuni bo‘lib o‘tgan 1-davra o‘yinida Xurshid G‘iyosov 41-daqiqada olmaliqliklarni hisobda oldinga olib chiqadi. 42-daqiqada esa G‘ulomhaydar G‘ulomov muvozanatni tiklaydi. 

7 aprel sanasida bu jamoalar O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida to‘qnash keladi. Unda endi Kasyan AGMKning birinchi golini uradi. Bir daqiqa o‘tib, Etame hisobni tenglashtiradi. 

 

Manba: "Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!