Superkompyuter "El-klasiko"da jamoalar imkoniyatini baholadi
26 oktyabr yakshanba kuni Ispaniya La Ligasi 10-turida "Real Madrid" - "Barselona" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. "Opta" analitik nashrining mutaxassislari superkompyuter yordamida jamoalarning ushbu bellashuvdagi muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlarini hisoblab chiqishdi.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, "Real"ning klasikoda g‘alaba qozonish imkoniyati 45,3 foizni tashkil etadi. "Barselona"ning imkoniyatlari 31,1 foiz. Shunga ko‘ra, durang ehtimoli 23,6% bilan o‘lchanadi.
Aytish kerakki, o‘tgan mavsumda "Barselona" barcha musobaqalarda o‘zaro 4 o‘yinda ham "Real"ni mag‘lub etgan edi. Ayni damda, Ispaniya chempionatida "qirollik klubi" 24 ochko bilan birinchi o‘rinni, "ko‘k-anorranglilar" esa 22 ochko bilan ikkinchi pog‘onani band etib turishibdi.



Fikrlar