Superklublar “Real”ning rejasini buzmoqchi

  • 7 noyabr, 14:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” himoya chizig‘ida jiddiy o‘zgarish qilishga bel bog‘lagan. Xabi Alonso Madridga “Bavariya” bilan shartnomasi tugayotgan markaziy himoyachi Dayo Upamekanoni olib kelmoqchi.

Tecno

Bild nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi”ga frantsiyalik futbolchini olish oson bo‘lmaydi. Birinchi navbatda, myunxenliklar 26 yoshli himoyachini jamoada qolishga ko‘ndirishga urinyapti.

Qolaversa, Upamekanoni Evropaning qudratli klublari – “Liverpul” va “Inter” o‘z tarkibiga qo‘shib olish yo‘llarini qidirmoqda. Endi bu klublar qatoriga “Chelsi” ham qo‘shildi.

“Bavariya” yanvar oyigacha Upamekanoni hamkorlikni uzaytirishga ko‘ndira olmasa, qishki transferlar davrida 60 million evroga sotib yuborishga harakat qiladi. Ekspertlarning aytishicha, da’vogar klublarning aksariyati yana yarim mavsum kutib, o‘yinchi erkin agentga aylanganidan keyin transferni amalga oshirishga kirishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!