Superklub narxi keskin oshgan o‘yinchini oladi

  • 13 dekabr, 07:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Kristal Pelas”da to‘p tepayotgan Adam Uorton barqaror va mazmunli o‘yini bilan Angliya Premer-ligasining bir qator grand klublari e’tiborini qozondi.

Tecno

21 yoshli markaziy himoyachini nishonga olgan klublar orasida “Chelsi” ham bor. Bosh murabbiy Entso Mareska maydon markazini kuchaytirish maqsadida yanvar oyida yangi o‘yinchi olishni rejalashtiryapti.

Aslida “aristokratlar” bu o‘yinchini “Blekbern Rovers”da o‘ynab yurgan paytlardan beri kuzatib beradi. 2024 yilning boshida “Kristal Pelas”ga 21 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan Uortonning o‘yini yangi jamoada yanada ochildi.

Angliya milliy terma jamoasiga chaqirila boshlagan Adam Uortonning bugungi kundagi transfer narxi 60 million evroga ko‘tarilgan.

“Chelsi” iqtidorli yarim himoyachini yozda o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlayotgan da’vogar klublarni ortda qoldirish uchun o‘yinchi transferini yanvarda amalga oshirishga urinib ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!