
Superhujumchi Angliyaning etti klubidan birini tanlashi kerak
Frantsiya chempionatida “Lill” sharafini himoya qilayotgan Jonatan Devid 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi. Kanadalik futbolchi o‘z klubi bilan hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qilgan va o‘ziga yangi ish joyi tanlashi mumkin.
Devidga Evropaning qator ligalaridan taklif bor. Bu borada Angliya Premer-ligasi klublari faolligi bilan ajralib turibdi.
The i Paper nashrining yozishicha, Premer-liganing etti vakili 25 yoshli futbolchiga ish berishga tayyor.
Jonatan Devidga ko‘z tikayotgan jamoalar orasida “Liverpul”, “Nyukasl”, “Tottenxem”, “Vest Xem”, “Arsenal”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” bor.
Fikrlar