Sulsherga yoqqan futbolchi “Manchester Yunayted”ga keladi

  • 26 yanvar, 2021, 23:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Lans” futbolchisi Fakundo Medinani transfer qilishni mo‘ljallayapti.

Tecno

Manchesterliklar bosh murabbiy Sulsherga 21 yoshli himoyachining o‘yini yoqib qolgan va u klub xo‘jayinlaridan bu transferga jiddiy yondashishni so‘ramoqda.

Ma’lum qilinishicha, inglizlar birinchi rasmiy taklifini qishki transferlar vaqtida yuboradi. Ular 12 million evro bermoqchi. Medina “Lans” jamoasiga o‘tgan yili 3 million evro evaziga olib kelingan edi.

Frantsuzlar yosh futbolchisini 20 million evrodan kamiga qo‘yib yubormasligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!