
Sulsher: Jamoani kuchaytirish uchun transferlar kerak
UEFA Evropa Ligasi dastlabki yarim final uchrashuvi "Sevilya" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda ispanlar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mankuniyanlar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Bilasizki, bu kabi ishtiyoq bilan harakat qilayotgan, vaziyatlar yaratishdan charchamayotgan futbolchilarni zaxiraga olish imkonsiz. Bizga faqat gol etishmadi. Yigitlar qo‘llaridan kelgancha imkoniyatlarni vujudga keltirishdi. Ammo omad bizdan yuz o‘girdi.
Biz rivojlanishda davom etishimiz kerak. G‘oyat qisqa muddatda premer-liga yangi mavsumi start oladi. Transfer oynasi ,bizning baxtimizga, hali etarlicha ochiq bo‘ladi. Aqlli yurishlarni amalga oshirgan holda jamoamizni kuchaytirib olishimiz zarur", - dedi norvegiyalik mutaxassis.
Fikrlar