Sulsher derbidagi mag‘lubiyat haqida nimalar dedi?

  • 7 yanvar, 2021, 09:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha tunda Angliya Liga Kubogi yarim finali doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "shaharliklar" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi. Mankuniyaliklar ustozi Ole-Gunnar Sulsher ushbu mag‘lubiyat haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:

Tecno

"Manchester Siti" har doim chiroyli gollarni urishi mumkin. Sen ularga qarshi saf tortar ekansan, bunga tayyor bo‘lishing lozim. Ammo bugungi kabi oddiy vaziyatlardan gol o‘tkazib yuborish yoqimsiz holat. Biz juda alamli tarzda darvozamizdan 2 ta to‘p olib chiqdik. 

Ha, ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘lmadik. Ular bilan ham shunday holat yuz berdi. Bizga biroz iroda etishmadi, eng yaxshi holatimizda emasdik. Albatta, bu o‘zimizning aybimiz". 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!