Sulsherga chempionlik poygasiga qo‘shilish uchun yana uch futbolchi kerak
"Bizning o‘yinimiz o‘sib boryapti. Buni ko‘rish yoqimli. Bosqichma-bosqich rivojlanishda davom etamiz. Ammo kelgusi mavsum chempionlik uchun kurashmoqchi bo‘lsak, yozgi transferlar oynasida kamida 3 ta yaxshi haridni amalga oshirishimiz kerak. Bu xususida, rahbariyat bilan ham gaplashib olamiz. Biz tanlagan yo‘limizdan qaytmaymiz", - dedi norvegiyalik murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Sulsher manchesterliklar bilan 2018 yilda shartnoma imzolagan. Avvalroq mankuniyaliklar sobiq futbolchisi Fergyusondan so‘ng Premer-ligadagi har ikki bahsda "Manchester Siti"ni taslim eta olgan birinchi murabbiyga aylangani xabar qilingandi.



Fikrlar