Suhrob Berdiev: Uyimizda muxlislarimiz bizga qo‘shimcha kuch berishadi

  • 13 iyun, 2019, 17:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” jamoasi Coca Cola Superligasining navbatdagi 11-turida o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qiladi. Qo‘qonliklar o‘z maydonlarida bu mavsumdagi ilk o‘yinlarini o‘tkazishadi. “Shunqorlar”ning asosiy futbolchilaridan biri Suhrob Berdiev uchrashuvdan oldin o‘z fikrlarini bayon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Biz “Dinamo”ga qarshi o‘yinga tayyormiz. O‘z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida to‘p suramiz. Stadionimiz chimi yangilandi va hozirda maydon holati a’lo darajada. Oldimizdagi o‘yinga tayyorgarlik jarayonlari yaxshi o‘tmoqda. Barchamizning fikr-u, xayolimizda faqat g‘alaba qozonish. Bundan boshqa natija bizni qoniqtirmaydi. Bizda endi orqaga yo‘l yo‘q. Qolaversa, o‘z maydonimizda muxlislarimiz ham bizga qo‘shimcha kuch berishadi. Barcha qo‘qonlik futbol ishqibozlarini “Markaziy” stadionga kelib bizni qo‘llab turishga chorlab qolaman, – dedi Suhrob Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!