
Suares uch haftaga safdan chiqdi
Avval xabar berganimizdek kecha Kataloniya Superkubogi uchun o‘tkazilgan “Barselona” hamda “Espanol” jamoalari o‘rtasidagi bahsda “ko‘k-anor ranglilar” yarim himoyachisi Denis Suares jarohat olib maydonni tark etgan haqida xabar bergan edik.
Bugun klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli futbolchi tahminan 15-20 kunga safdan chiqqan.
Ma’lumot uchun, Suares joriy mavsum “Barselona” safida jami 18ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar