Suares ham Inestaning faoliyatini yakunlagani haqida gapirdi

  • 9 oktabr, 2024, 09:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Inter Mayami” hujumchisi Luis Suares "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi Andres Inestaning faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi. Urugvaylik va ispaniyalik futbolchi 2014 yildan 2018 yilgacha Kataloniya klubida birga o‘ynagan, shundan so‘ng afsonaviy yarim himoyachi Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubiga ko‘chib o‘tgan.

40 yoshli jahon va Evropa chempioni kuni kecha professional futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida rasman e’lon qildi.

“Futbolga bergan narsang bilan faxrlan, Andres! Men tarixdagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri bilan o‘ynash sharafiga muyassar bo‘ldim. Futbol seni juda sog‘inadi. Omad tilayman!” – dedi Suares ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Luis Suaresning o‘zi 2020 yilda "Barselona"ni tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!