Suares “Barselona”ga qaytadi!

  • 7 may, 2022, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko”ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares “Barselona”ga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, ikki mavsum avval katta armonlar bilan Kataloniyani tark etgan Suares agar “Barsa” rahbariyati uni ortga qaytaradigan bo‘lsa, maoshining katta qismidan voz kechishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Madrid klubi ikki yillik hamkorlikdan keyin tajribali hujumchi bilan xayrlashishga tayyor. Suaresga ayni paytda AQShning “Inter Mayami” va Turkiyaning “Fenerbehche” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Suaresning o‘zi Kataloniyaga qaytishni istayapti. Luis “Barselona”da o‘ynagan davrda 283 ta uchrashuvda 195 ta gol urib, 113 ta assist qayd etgan.

Bu mavsum urugvaylik to‘purar “Atletiko” safida 32 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 11 marta ishg‘ol qildi va ikkita golli pas uzatdi.

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!