
Suares - qahramon! Belsa shogirdlari 3-o‘rin uchun kurashda irodali tarzda g‘alaba qozonishdi
"Kopa Amerika"da Kanada va Urugvay terma jamoalari 3-o‘rin uchun kurash olib borishdi.
Dastlab, Bentankur hisobni ochgan bo‘lsa, Kone va Davidlar javob qaytarishdi. So‘nggi daqiqalarda esa zaxiradan maydonga tushgan Suares imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Penaltilar seriyasida 4:3 hisobida Urugvay g‘alabani ilib ketdi.
Shu tariqa, Belsa shogirdlari turnirni 3-o‘rin bilan yakunladi.
Fikrlar