Stol tennisi. Birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

  • 8 avgust, 2023, 23:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Stol tennisi
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Stol tennisi federatsiyasida 2023 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda federatsiya mutasaddilari, hududiy boshqarmalarning ijrochi direktorlari va trenerlar kengashi a’zolari ishtirok etishdi. Yig‘ilishni federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Kerimov olib bordi.

Tecno

Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi rahbarlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Jumladan, oldindagi eng yirik kompleks musobaqalar – Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari hamda Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik stol tennischilarning munosib ishtirokini ta’minlash, shu bilan birga milliy terma jamoa azolari o‘rtasida sog‘lom rakobatni kuchaytirish, joylarda selektsiya ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, mamlakat miqyosidagi musobaqalar nufuzini oshirish hamda ularni tizimli o‘tkazish, shuningdek trenerlarning maxarotini va bilimini muntazam oshirib borish ishlarini yanada samarali tashkil etish choralarini ko‘rish belgilab olindi.

Yig‘ilish davomida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator viloyat bo‘limlari rahbarlari ogohlantirilgan bo‘lsa, berilgan vazifalarni o‘z vaqtida sifatli tashkil etgan rahbarlar tashakkurnoma bilan taqdirlanib, alohida e’tirof etildi.

Tadbir yakunida nufuzli xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan bir qator sportchilar federatsiya rahbariyati tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, shu kuni 9 nafar sportchiga “Sport ustasi” unvoni topshirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!