Sterling yozda "Chelsi"ni tark etishi mumkin

  • 1 mart, 2023, 18:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachisi Raxim Sterling jamoani shu yilning yozida tark etishi mumkin.

Tecno

Jurnalist Saymon Fillipsning so‘zlariga ko‘ra, ingliz futbolchisi kelasi mavsum boshiga qadar klubini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko‘ra, Sterling "Manchester Siti"dan London klubiga o‘tish qarorini xato deb hisoblaydi. Angliyalik futbolchini sotib olish uchun "aristokratlar" 50 million evrodan ko‘proq mablag‘ sarfladi.

Avvalroq, Raxim chempionlik uchun kurashayotgan "Arsenal" e’tiborini tortayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 28 yoshli ingliz ushbu mavsumda premer-ligada 18 uchrashuvda qatnashib, 4 ta gol urdi va ikkita samarali uzatmani amalga oshirdi.

"Transfermarkt" portali Angliya terma jamoasi futbolchisini 70 milion evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!