Srechko Katanets: Hakamlarga ham omad tilayman

  • 2 fevral, 2024, 14:11
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Qatar terma jamoasiga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.

Tecno

Ta’surootlarga keladigan bo‘lsak, bizni qiyin bahs kutyapti. Biz etarlicha dam oldik, jamoamni qo‘ldan kelgancha jangovar holatga keltirdim. Ertaga yorqin o‘yin ko‘rsatishga urinamiz.

Diyor Holmatov ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Dastlabki rasmiy uchrashuv bo‘lishiga qaramay zo‘r ta’suroot qoldirdi. Bu men uchun ham syurpriz bo‘ldi. U Dubaydagi yig‘inda ham juda yaxshi mehnat qilgandi. Ertaga asosiy tarkibda u o‘ynaydimi yoki boshqa futbolchi, buni vaqt ko‘rsatadi.

Mening vazifam yigitlarni eng yaxshi holatda o‘yinga tayyorlash. Futbolchilarim Qatarga qarshi qanday o‘ynashni biladi. Qatar ham havotir oladigan bizning ustun jihatlarimiz bor.

Shuni aytgan bo‘lardimki, hakamlarga ham omad tilayman, - dedi Srechko Katanets.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jasur Xolmatov
02/02/2024 15:12
Agar Hakamlar Mezbon Jamoa deb penalti yoki qizil berib o'yinni buzmasa O'zbekiston G'alaba qozonadi Hudo Hohlasa. Fikrimga qo'shiladiganlar
&
Zamon
02/02/2024 15:29
Holmatov zur uynabdi surpirez bupti katanesga bir emas mashg‘ulotlarni sen olib borayapsan kimning darajasi qanday ekanligini bilmasang Boburni ham tushur marojniga tuygan bulsa shu fikrimda qolaman agar Uzbekiston chempion bulsa ham seni deb emas fudbolchilar endiduval mahorati tufayli buladi.
&
Komil Xorazmiy
02/02/2024 16:09
Agar milliy jamoamiz zo'r o'ynab qatarga o'yin bermasa xakam xech narsa qilaolmaydi .
Sirojiddin Rahmatillayev
02/02/2024 15:28
Албатта кушиламиз ОЛЛОХ омадимизди берсун.