
Srechko Katanets Eron va BAAga qarshi o‘yinlarda qatnashmaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 7 oktyabr kuni Jahon chempionati saralash bahslarining Eron va BAA terma jamoalariga qarshi o‘yinlar oldidan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi.
Bosh murabbiyimiz Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra ushbu yig‘inda qatnasha olmaydi. Ikkita uchrashuvga jamoamizni yordamchi murabbiylar Aleish Chex hamda Vlado Radmanovich tayyorlashadi. Srechko Katanetsga salomatlik tilaymiz.
Fikrlar