
SPORTS.uz insaydi tasdiqlandi! Ibrohimhalil Yo‘ldoshev vodiy klubi bilan shartnoma imzoladi
Farg‘onaning "Neftchi" klubi iste’dodli qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshevni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman xabar berdi.
"Yo‘lbarslar" chap qanot himoyachisi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. U o‘tgan mavsumni Qozog‘istonning "Qayrat" klubida o‘tkazgandi. Transfer huquqi "Nijniy Novgorod"ga tegishli bo‘lgan futbolchi erkin agent maqomida Farg‘ona klubiga kelib qo‘shildi.
Qayd etish lozim, avvalroq saytimizda uning "Neftchi"ga o‘tishi haqida insayd xabar chiqqandi.
Ma’lumot uchun, Yo‘ldoshev 31 yanvar kuni "Neftchi"ning Antalyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Fikrlar