Sportchimiz yana finalni ko‘zlayapti

CHERY AUTO

Qozog‘istonning Chimkent shahrida tennis bo‘yicha ITF musobaqalari taqvimidan joy olgan erkaklar o‘rtasidagi xalqaro turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin chorak finalga yo‘l oldi.

Tecno

M15 tasnifiga kiruvchi ushbu musobaqaning ikkinchi davrasida Sergey Fomin hindistonlik Kumaran Bharatga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvning birinchi setida hisob 3:0 bo‘lib turgan bir vaziyatda raqib tennischi noma’lum sabablarga ko‘ra o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi.  

Shu tariqa, 1/4 final bosqichiga yo‘l olgan S.Fomin endi yarim final ostonasida Bekxan Atlangeriev bilan raqobatlashadi.

Shuningdek, tennischimiz Sergey Fomin neytral tennischi Pavel Verbin bilan juftlik bahslari chorak finalida chexiyalik Matyas Cherniy va Yones Kucheraga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 6:2 hisobida zafar quchdi.  

Endi Sergey va Pavel yarim final bosqichida neytral tennischi Ivan Denisov va polshalik Yasa Shayrix tandemi bilan kuch sinashadi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!