
Sportchilarimiz Qozog‘istondan quruq qaytmadi
Qozog‘istonning Ostona shahrida engil atletika bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Butunjahon engil atletika federatsiyasining taqvimidan o‘rin olgan turnirda 40 mamlakatdan 110 nafar sportchi qatnashdi.
Yopiq inshootda o‘tkazilgan nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Jumladan, uch hatlab sakrash dasturida Sharifa Davronova 13,90 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, balandlikka sakrashda iste’dodli atletimiz Amir Nagaev 2,10 metr balandlikni zabt etgan holda bronza medali sohibiga aylandi.
Fikrlar