
Sport kurashlari. Yunon-rum kurashchilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi. Navbat erkin kurash ustalariga
Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Amman shahri (Iordaniya) mezbonlik qilayotgan jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ortda qolgan kun davomida uchinchi o‘rin uchun kurash olib borgan 4 nafar hamyurtimizning barchasi g‘alaba qozonib, terma jamoamiz hisobiga bronza medallarini qo‘shib qo‘yishdi.
Bronza medali:
-45 kg: Umidjon Karomov
-60 kg: Farruh Yo‘ldoshev
-71 kg: Behruzbek Valiev
-92 kg: Faxrikamol Komiljonov
Shu tariqa, "klassik" kurashchilarimiz hisobidagi medallar 1 ta kumush va 5 ta bronzani tashkil etdi. Ushbu natija bilan hamyurtlarimiz ochkolar bo‘yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Ertadan erkin kurash ustalari g‘oliblik uchun bahslarga kirishishadi.
Fikrlar