
“Spetsiya”ni kurashga qaytargan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
A Seriyaning 33-turida “Spetsiya” safar uchrashuvida “Atalanta” bilan kuch sinashdi. Har ikki jamoa musobaqa jadvalidagi horlatidan kelib chiqib, faqat g‘alaba uchun o‘ynadi.
Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan “Atalanta” baribir kuchlilik qildi. “Spetsiya” hisobni ochgan bo‘lsa-da, keyin ketma-ket uchta gol o‘tkazib yubordi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘lim boshida liguriyaliklar mezbonlarning bosimiga qarshi turolmadi va ikkita to‘p o‘tkazib yubordi.
64-daqiqada Eldor Shomurodov maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘yib, o‘tkir hujum uyushtirdi va Mehdi Burabiyaga golli pas uzatdi. Shundan keyin “Spetsiya” kurashga qaytdi.
“Spetsiya” faoliyatini yoritib borayotgan www.cittadellaspezia.com sayti jamoa futbolchilarining o‘yinini quyidagicha baholadi.
Dragovski 7:
Polshalik posbon uchta gol o‘tkazganiga qaramay, bir necha vaziyatlarda xavflim zarbalarni bartaraf etdi. Jamoaga yordam berish uchun qo‘lidan kelganini qildi.
Amyan 5.5:
Umumiy hisobda yaxshi o‘ynadi. Lekin standart vaziyatlarda o‘zi qo‘riqlashi kerak bo‘lgan o‘yinchini ko‘zdan qochirishi ikkinchi golga sababchi bo‘ldi.
Vishnevski 6:
Duvan Sapatani o‘yindan chiqarish uchun bor kuchi bilan kurashdi. O‘yindan o‘yinga tobora ishonchli harakat qilmoqda. Lekin o‘tkazilgan gollardan birida uning xatosi pand berdi.
Nikolau 7:
Himoyachilar orasida eng yaxshi o‘ynagani Nikolau bo‘ldi. Kuchli raqibga qarshi o‘ynaganiga qaramay, o‘z zonasida xatoga yo‘l qo‘ygani yo‘q. O‘tkazilgan gollarda bu futbolchining aybi yo‘q.
Retsa 6:
Bu futbolchi hali maksimal sport formasini tiklab olgani yo‘q. Lekin barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda. “Atalanta”ga qarshi bahsda ham qo‘pol xatosi ko‘rinmadi.
Burabiya 6,5:
Uning tezkorligi “Atalanta” singari raqibga qarshi ish bergani yo‘q. Biroq, marokashlik futbolchi har doimgidek vaziyatlarda oxirigacha kurashdi. Ayniqsa, Eldor Shomurodov hujum uyushtirgan vaziyatda oldinga o‘tib, gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ampadu 5.5:
Bergamoliklarning tajribali futbolchisi Pashalichni yopish va himoyachilarga yordam berishga harakat qildi. Bu vazifani bir necha daqiqa uddaladi. Raqobatlarda etarlichi faollik qila olmadi.
Bastoni 6:
Chap qanotdan bergamoliklarga bosim uyushtirdi. Maydon markazida ustunlikni ushlab turishga urindi. Gyasining golida hissasi bor. Biroq, ayrim vaziyatlarda o‘yinda “yo‘qolib” qoldi.
Agudelo 5.5:
Kolumbiyalik futbolchi raqibni ta’kib qilish, uldab o‘tish, hujum uyushtirishda faol bo‘ldi. Birinchi gol o‘tkazilgan vaziyatda javogarlikni bo‘yniga olishi kerak. “Atalanta” vakillariga qarshi ayrim vaziyatlarda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shomurodov 6.5:
To‘pga kam tegindi. Lekin “Spetsiya”ning har ikki golida ishtirok etdi. Dastlab, to‘pni egallab, Bastoni orqali Gyasi gol urgan vaziyatda ishtirok etdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida, maydon markazidagi kurashda to‘pni olib qo‘yib hujum uyushtirdi va Burabiyaning goliga assistentlik qildi.
Shomurodov aksariyat vaziyatlarda himoyaga qaytib o‘ynadi. Bir vaziyatda darvozaga kirib ketayotgan to‘pni boshi bilan qaytardi. Uchrashuv oxirida hisobni tenglashtirish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lgandi. Zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.
Gyasi 6.5:
Avvalgi o‘yinda muxlislar tanqidiga uchragan jamoa sardori endi umuman boshqacha o‘yin ko‘rsatdi. Gol urishdan tashqari, maydonda oxirigacha kurashdi.
Semplichi 5.5:
Oxirgi to‘rtta uchrashuvda uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Shogirdlari hisobni ochganiga qaramay, ijobiy natija qayd eta olmadi. Jamoaga barqaror etishmayapti. Jarohatlarning ko‘pligi uning imkoniyatlari cheklab qo‘ygan.
Shomurodovning davri keldi...
Bu mamlakatda 20 nafar o‘zbek legioneri to‘p tepmoqda
Shomurodov hammasini o‘zgartirib yuborishi kerak edi...
Fikrlar