“Spartak”ga alam qilsin! Gazizov O‘runovni nima qilmoqchi ekanini aytdi

  • 1 aprel, 2021, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Oston O‘runovning Rossiya futbolidagi taqdiri kutilmagan voqealarga, yangilik va o‘zgarishlarga boy bo‘lmoqda.

Tecno

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi garchi “sherlar” tarkibidan o‘rin olmagan bo‘lsa-da, professional futbolchi sifatida “Navbahor”da shakllandi va “Lokomotiv”dan Rossiyaga yo‘l olib, legionerga aylandi.

41301acf-8671-4ad4-aebf-8037f28f7b25

Bir yil muqaddam, Rossiya premer-ligasida to‘p tepa boshlagan yosh yarim himoyachi “Ufa”dagi o‘yinlari bilan mutaxassislar va muxlislar e’tiborini qozondi va o‘tgan yili yozda eng xaridori ko‘p futbolchiga aylandi. Yarim mavsum davomida salohiyatini namoyon eta olgan Ostonga Rossiyaning deyarli barcha grandlari taklif yubordi.

O‘sha paytda “Spartak” bosh direktorligiga tayinlangan Shamil Gazizov tufayligina Oston O‘runov ushbu jamoaga borib qoldi. Bu mutaxassis Ostonni legionerga aylantirganini hamma biladi.

Keyinchalik, kutilmaganda O‘runovning faoliyatida jiddiy pasayish kuzatila boshladi. Aniqrog‘i, moskvaliklarning germaniyalik bosh murabbiyi Domeniko Tedesko Ostonning yoshligini inobatga olib, unga moslashishi va o‘zini ko‘rsatishi uchun etarlicha vaqt berilishi, kerakli sharoitlar yaratilishini ta’kidlagan bo‘lsa-da, amalda bir necha daqiqaga zaxiradan tushirish bilan kifoyalandi.  

Voqealarning keyin rivojidan xabaringiz bor. “Spartak”dagi kelajagi mavhum bo‘lib qolgan Oston O‘runov qishki transferlar vaqtida ijara asosida “Ufa”ga qaytdi. Ufaliklar tarkibida yana faol o‘ynagan hamyurtimiz tezda jamoa etakchilaridan biriga aylanib, samara keltira boshladi. “Spartak” Ostonga ana shu imkoniyatni bermadi.

O‘runov “Ufa” tarkibida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta golli pas uzatdi. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvida ham jamoadoshiga golli pas oshirib, futbolchilarimizning Gana ustidan g‘alaba qozonishiga hissasini qo‘shdi.

IMG_8700_1

Sports.uz sayti “Ufa” muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada O‘runov fevral-mart oylarining eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etilgani haqidagi yangilikni e’lon qilganidan xabaringiz bor. U jamoa etakchilaridan hujumchi Timur Jamaletdinov va darvozabon Aleksandr Belenovni ortda qoldirdi.

“Ufa”ning bosh direktorligiga qaytgan Shamil Gazizov O‘runovning jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi. Ma’lumki, ufaliklar 20 yoshli legionerimizni “Spartak”dan mavsum oxirigacha ijaraga olgan va yozda uning transfer huquqini 3 million evro evaziga sotib olish imkoniga ega.

- Hozir Oston O‘runovning holati juda yaxshi. Oldinroq, kichik jarohatlari bor edi, ayni paytda hammasi joyida. Hatto terma jamoasi uchun ham ikkita o‘yin o‘ynadi.

Uning ijara shartnomasi transfer huquqini sotib olish imkoniyati bilan tuzilgan. Oldinda Ostonni jamoa bilan birga katta ishlar kutib turibdi. Uning kelajagi borasida mavsum oxirida bir qatorga kelamiz.  Oldindan biror reja yo‘q. Hammasini vaqt ko‘rsatadi, - dedi Shamil Gazizov.

large

Oston O‘runovning “Spartak” bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. U hamon huquqiy jihatdan moskvaliklarga tegishli futbolchi hisoblanadi. “Spartak” murabbiylar shtabi ham O‘runovni yozda ortga qaytarish imkoniga ega.

O‘runov – modalar qiroli!

Legionerimiz premer-ligada o‘ynash uchun kurashmoqda!

O‘runov o‘ziga xaridor jamoaga qarshi o‘ynaydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
01/04/2021 09:52
Мантиксиз сарлавха учун изох сураймиз
Дилшод Даврлнов
01/04/2021 09:51
Мантиксиз сарлавха учун изох сураймиз
Abbos Axmedov
01/04/2021 07:25
Ушбу сарлавхани ўқиб кулгим қистади Айолар овсинига гап қилади кесатиб ўшанга ўхшаб кетаркан узур лекин Админжон хафа бўлманг просто так айтим холос
Gafir Isamiddinov
01/04/2021 07:24
кани мантик сарловха галатику