
"Spartak" safarda "Napoli"ni taslim qildi (video)
UEFA Evropa ligasi “C” guruhining 2-turida “Napoli” o‘z maydonida “Spartak”ni qabul qildi.
“Diego Armando Maradona” nomli stadionda kechgan bahs gollarga boy bo‘ldi. Yakunda esa 2:3 hisobida rus gandining qo‘li baland keldi. “Spartak”ga g‘alaba keltirgan gollarga Kuinsi Promes (55', 90') va Mixail Ignatov (80') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Napoli”ning gollarini Elif Elmas (1') va Viktor Osimxen (90+4') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar