
So‘nggi bora buni Messi uddalagandi! Levandovskidan sermahsul mavsum
Robert Levandovski Lionel Messidan so‘ng "Barsa" uchun bir mavsumda 35 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Forvard La Liganing 28-turida "Atletiko"ga qarshi bellashuvda (4:2) gol kiritdi.
Levandovski joriy mavsum barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda harakat qilib, 35 marotaba raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi. Polyak Kataloniya klubidagi eng sermahsul mavsumini o‘tkazmoqda.
U so‘nggi 4 mavsumda "ko‘k-anorranglilar" safida 35 va undan ko‘p gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Buni oxirgi marotaba Lionel Messi amalga oshirgan. O‘shanda argentinalik futbolchi klub uchun 47 ta bahsda 38 ta gol urgandi.
Fikrlar