
Sobiq "Barsa" yulduzi ham Benzemaga tan berdi
Urugvaylik hujumchi Luis Suaresning fikricha, Karim Benzema "Oltin to‘p"ni olishi kerak.
- Chempionlar ligasi finalida kimga muxlislik qilasiz?
- Men "Barselona", "Liverpul", "Atletiko" - o‘zim o‘ynagan jamoalarning muxlisiman. Shunday bo‘lsa-da, Benzemaning "Chelsi" darvozasiga urgan ikkinchi golidan so‘ng uni olqishladim. Sababi, qoyil qoldim. Futbol muxlisi sifatida.
- Benzema "Oltin to‘p"ni olishi kerakmi?
- "Bu mavsum uchun - ha. Biroq men uchun "Oltin to‘p" har doim Messiniki bo‘lishi kerak, chunki u dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Shunchaki, bu yil u uchun omadsiz keldi.
Fikrlar