Slot "Liverpul"ning ketma-ket 4 ta mag‘lubiyatini izohladi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.
"Albatta, xavotir bor. Agar to‘rt marta ketma-ket yutqazsangiz, bu befarq qoldirmaydi. Lekin biz bilamiz — agar shunday o‘yinni davom ettirsak, g‘alaba uchun yaxshi imkoniyatlarimiz bo‘ladi.
Agar ayrim jihatlarni yanada yaxshilasak, imkoniyatlarimiz yana ortib boradi. Lekin hech qachon yuz foiz ishonch bilan aytolmaysizki, keyingi o‘yinda ham sakkiz-to‘qqizta yoki o‘nta golli vaziyat yaratamiz.

Bizning futbolchilar "Manchester Yunayted"ga qarshi (1:2) hisobda orqada borishsa-da, qaytish uchun kurashishdi. Agar shunday kayfiyatni saqlab qolsak, keyingi bahslarga optimizm bilan qarash mumkin.
Ammo ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat — bu jamoaga ta’sir qilmasdan qolmaydi", — dedi mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot.



Fikrlar