"Siti" yulduzi futboldan basketbolga o‘tmoqchi bo‘lgan ekan
Gvardiol futbolni tashlab ketmoqchi bo‘ldi
“Manchester Siti”ning universal himoyachilaridan Yoshko Gvardiol ilgari futbolni tashlab, basketbol bilan professional darajada shug‘ullanishni reja qilganini aytib o‘tdi.
“Manchester Siti” xorvatiyalik himoyachini olish uchun 2023 yili “Leyptsig” klubiga 77 million funt o‘tkazib bergan. Bu summa Gvardiolni jahon futbolidagi eng qimmat ikkinchi himoyachiga aylantirdi.
Biroq Yoshko uchun bu darajaga ko‘tarilish oson bo‘lmagan. 16 yoshida “Dinamo Zagreb”da o‘ynab yurgan Gvardiol birdan futboldan lazzat olmay qo‘ydi.
- Men futbolni tashlamoqchi bo‘ldim. Chunki menga basketbol ham yoqardi. Futboldagi kelajagimdan umidim so‘nggan edi, maydondagi mashg‘ulotlarda o‘zimni baxtiyor his qila olmayotgandim.
Men o‘zimni baxtli his qilish uchun boshqa echim topishga urinardim, atrofimdagi barcha do‘stlarim basketbol o‘ynardi.
Tabiiyki, professional futbolchi bo‘lishni orzu qilganman. Lekin bunaqa uzoqqa bora olaman, deb o‘ylamaganman. Agar besh yil avval mendan “2023, 2024, 2025 yilda o‘zingni “Manchester Siti”da ko‘ra olasanmi?”, deb so‘raganingizda buning hech qanday imkoni yo‘q, dagan bo‘lardim, - dedi Yoshko Gvardiol VVS jurnalistlari bilan suhbatda.



Fikrlar