
"Siti" va "Milan" bir futbolchi uchun kurash boshladi
Londonning "Fulxem" klubi forvardi Abubakar Kamara faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.
Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "shaharliklar" 25 yoshli frantsuz uchun London klubiga 32 million evro to‘lashga tayyor. Bu borada “Siti”ga “Milan” raqobat ko‘rsatishi mumkin. Boisi, “rossonerilar” ham Kamarani o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.
Kamara joriy mavsum “Fulxem” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra uning narxi 1,6 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar