
“Siti” Husanovni ijaraga bersa ham, faqat top-klubga jo‘natadi!
O‘zbekiston Superligasi ishtirokchisi “Andijon”ga bosh murabbiylik qilayotgan Maksim Shatskix sports24 saytiga bergan intervyusida O‘zbekiston milliy terma jamoasining bugungi kundagi eng mashhur o‘yinchilari – Abduqodir Husanov va Eldor Shomurodov haqidagi savollarga javob qaytardi.
Sports.uz portali ushbu suhbatni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni ma’qul topdi.
Ayni paytda Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi kelajagi kzp muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Xosep Gvardiola fevral oyida “shaharliklar”ning eng zo‘r o‘yinchisi, deb topilgan 21 yoshli markaziy himoyachini mart oyining oxiridan beri umuman maydonga tushirgani yo‘q.
Carpetas Blaugranas nashri jurnalisti Xuan Arrien yaqinda manchesterliklar o‘zbekistonlik himoyachini “Barselona”ga ijaraga berishi mumkinligini, kataloniyaliklar O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisini keyinchalik sotib olish huquqini qo‘lga kiritishni istayotganini yozgandi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” sport direktori Dekuga Husanovning o‘yini yoqadi. Portugaliyalik mutaxassis Abduqodir “Barselona”ning o‘yin uslubiga mos tushadi va o‘zbek futbolchisining yanada rivojlanishi uchun salohiyati yuqori, deb hisoblamoqda.
“Barselona” himoya chizig‘iga Husanovdek tezkor, baquvvat va shiddatli o‘ynaydigan ijrochi kerakligi aytilmoqda.
Shatskixga berilgan ilk savol ham aynan Abduqodirning “Manchester Siti”dagi mavqei haqida bo‘ldi.
- Maksim Aleksandrovich, “Manchester Siti”dagi o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanovning “shaharliklar” asosiy tarkibiga kiritilmayotganiga qanday qaraysiz?
- Buning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Uning uchun hali hammasi oldinda.
- Balki “Barselona”ga ijara ketar? Bu haqda keyingi paytda Ispaniya va Britaniya ommaviy axborot vositalari ko‘p yoza boshladi...
- Biz klubning ichida nimalar bo‘layotganini aniq va to‘liq bilmaymiz. Qo‘rqinchli joyi yo‘q. U hali yosh yigit. Hammasi oldinda. Agar uni ijaraga berishsa ham, “Manchester Siti” o‘z o‘yinchilarini faqat top-klublarga jo‘natishini alohida ta’kidlash kerak.
- “Barsa” Husanov o‘tishi mumkin bo‘lgan klublar ro‘yxatida bor...
- Ha, bu jamoalar orasida “Barsa” ham bor. Bu jamoaning himoya chizig‘ida muammolar bor. O‘sha Ronald Arauxo aslida yaxshi himoyachi, biroq deyarli har bir uchrashuvda golga sabab bo‘ladigan xatoga yo‘l qo‘yayotgani ham bor gap.
Husanovni bir mavsumga “Barselona”ga jo‘natsa, nima bo‘ladi? Hammani ham shu tarzda jazolashsa qaniydi... (kuladi).
- Balki bu Husanov uchun “Manchester Siti”dagidan ham yaxshi bo‘lar?
- Albatta! Ispaniyada futbol boshqacha, falsafa ham. “Barselona”da eng asosiysi – to‘pni hujum chizig‘iga etkazib berish, keyin dam olsa ham bo‘ladi. Oldingi chiziqdagi jamoadoshlaring nimadir o‘ylab topishadi baribir.
Angliyada esa intensivlik umuman boshqacha, u erda damoalar ko‘proq o‘yin ham o‘tkazadi. Ishoning, Husanovning kelajagidan umuman xavotirda emasman.
- Eldor Shomurodov aprelda yana “Roma”ning jng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Siz avval ta’kidlagandek, Klaudio Raneri uni Artyom Dovbik bilan tandemda maydonga tushirdi...
- Shomurodov zaxiradan o‘yinga qo‘shilganida ko‘p gol uradi. Nega endi Eldorga Dovbik bilan birga o‘ynash imkonini bermaslik kerak? Hammasini sinab ko‘rish kerak. Sinamay turib, natijani bilib bo‘lmaydi.
Rossiya O‘zbekistonga qarshi o‘yinga kuchli tarkib tanladi!
Bunaqasi bo‘lmagan: Husanov, Shomurodov va Fayzullaev haqida!
Shomurodovning so‘nggi o‘yinini xorijlik ekspertlar qanday baholadi?
Fikrlar