“Siti” Husanovdan xavotirda!
“Manchester Siti” yangi mavsum muvaffaqiyatsiz boshladi. Xosep Gvardiola shogirdlari ilk turda “Vulverxempton” ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabadan keyin “Tottenxem” va “Brayton”dan mag‘lubiyatga uchradi.
Xosep Gvardiola mavsum oxiriga qadar vaziyatni o‘zgartira olishiga ishonayotgan bo‘lsa-da, ketma-ket yo‘qotilayotgan ochkolar so‘nggi hisob-kitob pallasida etmay qolishi mumkin. Bundan tashqari, jamoada yana jarohatlar epidemiyasi boshlandi.
Nufuzli ikki manba – CITYXTRA.CO.UK hamda ESTEEMEDKOMPANY.COM portallari Xosep Gvardiola duch kelayotgan muammolar, xususan, Abduqodir Husanovning jarohati haqida ham axborot chiqardi.
Sports.uz portali ushbu ma’lumotlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
- O‘z jarohatlari bilan “Manchester Siti”ni xavotirga solayotgan Abduqodir Husanov va Rayan Sherki qatoriga Angliya yoshlar terma jamoasi tarkibidan chiqarilgan yana ikki o‘yinchi ham qo‘shildi. Ha, Gvardiola yana kadrlar bilan bog‘liq yangi muammolarga duch keldi.
Yangi mavsumning dastlabki kunlari jamoa o‘yinchilarining jismoniy holatlari bilan bog‘liq murakkab vaziyatlar vujudga kela boo‘ladi. O‘tgan yili ham “Siti” etakchi o‘yinchilarning ko‘psonli jarohatlaridan anchagina qiynalgan edi.
“Totten’em” va “Brayton”ga boy berilgan uchrashuvlar Gvardiola qo‘llayotgan himoya tizimida hali kamchilik va nuqsonlar ko‘pligini ko‘rsatdi. Qolaversa, etakchi o‘yinchilarning safdan chiqayotgani xavotirni kuchaytiryapti. Dastlab, “Tottenxem” bilan bahsda Rayan Sherki jarohat oldi. “Brayton”ga qarshi o‘yin oxirida Abduqodir Husanov shikastlandi. Jazoir terma jamoasiga chaqirtirilgan Rayan Ayt-Nuri ham salomatligini tiklashi uchun tarkibdan chiqarildi.
Endi bu o‘yinchilar qatoriga yana ikki futbolchi qo‘shildi. Ma’lumki, Gvardiola keyingi paytda yosh iste’dod egalariga ko‘p tayanmoqda. Ana shunday ijrochilardan Niko O’Reyli va Riko Lyuis ham umumiy mashg‘ulotlardan chetlashib, salomatligi haqida qayg‘urishiga to‘g‘ri kelda. Har ikki o‘yinchi jarohat tufayli 21 yoshgacha bo‘lgan Angliya terma jamoasi chorlovini rad etishiga to‘g‘ri keldi. “Manchester Siti” mutasaddilari ham ularning jarohat olganini tasdiqladi.
- “Manchester Siti”ning ikki vakili – Riko Lyuis va Niko O’Reyli “Evro-2027” saralash turnirining birinchi uchrashuvi oldidan Angliya U21 terma jamoasi safidan chiqishga majbur bo‘ldi. Har ikki o‘yinchi bosh murabbiy Li Karsli tuzgan 23 nafar futbolchi kiritilgan qaydnomadan o‘rin olgandi. Ammo “Brayton”ga qarshi o‘yindan keyin ularning klub bazasida qolib, tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi va tiklanish jarayoniga jalb etilishi ma’lum bo‘ldi, - deyiladi klub bayonotida.
FIFA kunlari munosabati bilan e’lon qilingan ikki haftalik tanaffus davrida Xosep Gvardiola barcha jarohatlanganlar safga qaytishiga umid qilyapti. Chunki jamoani Premer-liga va Evropa Chempionlar ligasida jiddiy o‘yinlar kutib turibdi.
Ayniqsa, muxlislar Rayan Sherki, Abduqodir Husanov va Rayan Ayt-Nuri atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Har uchala o‘yinchi jamoada asosiy figuralarga aylanib borayotgan edi, - deb yozdi CITYXTRA.CO.UK eksperti Freddi Pay.
ESTEEMEDKOMPANY.COM tahlilchisi Adam Marret ko‘proq Abduqodir Husanov masalasiga e’tibor qaratdi.
- Bir necha manbalar, xususan, Manchester Evening News jurnalisti Tayron Marshall Abduqodir Husanov jarohati tufayli O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘yinlarida qatnashmayotganini ma’lum qilgan edi. “Brayton” bilan o‘yinda oyoq mushagidan jarohatlangan o‘zbek futbolchisi Manchesterda qolib, ikki hafta davomida davolanadi.
Bu jarayonda hammani bir savol qiziqtiryapti: Husanov Manchester derbisigacha tiklanib ulguradimi?
“Manchester Siti” oxirgi pallagacha Husanov 14 sentyabrda “Etixad” arenada “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yingacha safga qaytishiga umid qiladi.
“Brayton”ga qarshi o‘yinda o‘zbek himoyachisi o‘zining eng kuchli hislatlari – tezkorlik, kurashuvchanlik va harakatlarida o‘ziga bo‘lgan ishonchni namoyish qildi. U jamoasining eng zo‘r o‘yinchilaridan bo‘ldi, yosh bo‘lishiga qaramay, mukammal va bexato o‘ynadi. Uning o‘yinlari muxlislarini yangi mavsumda bu himoyachi jamoaning asosiy figurasiga aylanishiga ishontiryapti.
Xosep Gvardiola derbiga tayyorlanish jarayonida Ruben Amorim jamoasi kuchli himoyaga tayangan holda o‘tkir qarshi hujum taktikasini qo‘llashini inobatga olyapti. Bunday vaziyatda Husanovning tezkorligi va jismoniy kuch-quvvati “shaharliklar” uchun himoyalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eng asosiysi esa, ikki haftalik tanaffus yosh himoyachining to‘liq sog‘ayib, jamoa safiga qo‘shilishi uchun kifoya qilishi lozim, - deb yozdi Adam Marret.
Husanovga “Siti”dan xushxabar!
“Real Madrid”, Husanovni kutib ol!
Husanov – “Siti”dagi hech kimda yo‘q uch sifatga ega yagona futbolchi!
Husanov haqida xunuk xabar. Abduqodir terma jamoaga kelmaydi
Husanovsiz himoya rasvo bo‘ladi!
Husanovda ayb yo‘q! Abduqodirning o‘yini qanday baholandi?
Husanovni oxirigacha o‘ynatmagan Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?
“Manchester Siti” fanatlarining Husanovga munosabati qanday?
Shomurodov va Fayzullaev “Bashakshehir”dagi jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda



Fikrlar