
"Siti" "Barselona" futbolchisini xarid qilmoqchi
"Manchester Siti" "Barselona" himoyachisi Serxi Robertoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya yozmoqda Ispaniyaning AS nashri.
"Transfermarkt" portali 29 yoshli futbolchini 25 million evroga baholamoqda. Joriy mavsum Serxi kataloniyaliklar safida 20ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan hamda 2ta golga assistentlik qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Barsa" ispaniyalik himoyachi bilan xayrlashishga qarshi emas. Avvalroq, jamoani yana 5 nafar futbolchi tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Barselona"da qolishi aniqlashayotgan Ronald Kuman tarkibni yangilashni rejalashtirmoqda.
Fikrlar