
Simons jamoadan ketishi haqida: "Mening orzularim juda ko‘p"
"Leyptsig" futbolchisi Xavi Simons yozda jamoasini tark etishi mumkin. Klub rahbarlari esa futbolchi uchun 80 million evro so‘rashmoqda. Niderlandiyalik futbolchi esa ushbu xabarlarga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men hali yosh futbolchiman, mening orzularim ko‘p - klub buni biladi. Lekin hozir men uchun eng muhimi bo‘lajak o‘yinlarda yaxshi harakat qilish. Keyin bizda xalqaro o‘yinlar bor, shundan so‘ng o‘tirib, nima bo‘lishini ko‘ramiz" - deya ta’rif berib o‘tdi 23 yoshli futbolchi.
Florian Plettenbergning ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachiga hozirda Angliyaning "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Xavi joriy mavsum 29 bellashuvda ishtirok etib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi esa 70 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar