
Simona Xalepning bu yil ketmoni uchmayapti
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep Tsintsinnatida o‘tayotgan "Western & Southern Open" turnirining uchinchi davrasidagi to‘siqdan o‘ta olmadi.
Simona mazkur bosqichda amerikalik Medison Kizga qarshi kortga chiqib, uch setda 1:6, 6:3, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa "Premera" musobaqasining chorak finalida Kiz hamyurti tajribali tennischi Vinus Uilyamsga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar