
Shuncha vaziyatni barbod qilding, Lukaku!
Angliya chempionatining navbatdagi turida asosiy raqobatchisi “Manchester Siti”ga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa hujumchisi Romelu Lukakuga norozilik bildirdi.
- Agar pas bersang, to‘pni jamoadoshing bor joyga uzat. Biz ko‘p imkoniyatni boy berdik. “Siti”ga qarshi qancha imkoniyating bo‘lishi mumkin?
Agar sen “Etihad”da yuqori darajadagi o‘yinda g‘alaba qozonishni istasang, o‘z imkoniyatlaringdan unumli foydalanishga majbursan. Lukaku juda ko‘p to‘p yo‘qotdi. Agar u yaxshi o‘ynaganida oldingi chiziqdagi natijalarimiz ijobiy bo‘lardi, - dedi Tomas Tuxel.
Italiyada to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan Romelu Lukaku 97,5 million funt evaziga “Chelsi”ga o‘tganidan beri kutilgan darajada o‘ynamayapti. Shu bois, belgiyalik hujumchi ko‘p tanqid qilinmoqda.
Fikrlar