
Shu yigit kelajakda dunyoning eng zo‘r o‘yinchisiga aylanadi!
Germaniya futbolining yorqin yulduzlaridan Lotar Mateus “Bavariya”da to‘purarlik mahoratini namoyish qila boshlagan Jamol Musialani yorqin kelajak kutayotganini ta’kidladi.
- Jamol o‘zida mehnatsevarlik va maqsad sari intilish kabi xususiyatlarni jamlagan noyob o‘yinchi. O‘ylashimcha, besh yillardan keyin dunyoning eng zo‘r futbolchisi darajasiga etadi. Balki bu voqea ertaroq sodir bo‘lar. Shunga qaramay, yosh futbolchilarga bosim o‘tkazmaslik kerak, - dedi Lotar Matteus.
19 yoshli hujumkor futbolchi uchta klub – “Sautgempton”, “Chelsi” va “Bavariya” yoshlar jamoasida tarbiya topgan. Ikki yildan beri myunxenliklarning asosiy jamoasida to‘p tepib kelmoqda.
Musiala jamoani Robert Levandovski tark etganidan keyin asosiy to‘purarga aylanib oldi. U yangi mavsumda Bundesliga va Germaniya Superkubogida jami uchta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va bitta assist rasmiylashtirdi.
Fikrlar