Shu futbolchi kelsa, Vernerga “Chelsi”da non qolmaydi

  • 22 yanvar, 2022, 18:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” anchadan beri ko‘p gol ura oladigan hujumchi qidirmoqda. Jamoada markaziy hujumchi sifatida qayd etilgan Romelu Lukaku va Timo Verner bu vazifani uddalay olmayapti.

Tecno

“Aristokratlar” hozircha bu o‘ringa mos futbolchini kuzatmoqda va imkon bo‘lish bilan uni transfer qiladi.

Kanada terma jamoasi hujumchisi Jonatan Devid joriy mavsumda “Lill” jamoasida juda sermahsul o‘yin namoyish qilmoqda. 22 yoshli futbolchi Frantsiya klubi tarkibida barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 16 bor aniq nishonga oldi.

Mutaxassislar agar “Chelsi” bu futbolchini transfer qila olsa, u asosiy tarkibda Timo Vernerning o‘rnini egallashiga ishonch bildirmoqda.

Jonatan Devidga hozirdan “Real” va “Barselona” kabi grand klublar ham ko‘z tikmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!