Shov-shuvli "UFC 259" turnirida super jangchilar oktagonga ko‘tariladi. Juftliklar ro‘yxati bilan tanishing!

  • 23 fevral, 2021, 17:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

6 mart (Toshkent vaqti bilan 7 mart tongda) kuni AQShning Las-Vegas shahrida shov-shuvli “UFC 259” turniri tashkil etiladi. Asosiy karddan uch chempionlik jangi o‘rin olgan.

Tecno

Markaziy jang ikki vazn chempionlari, ya’ni, o‘rta divizion (77,1-83,9 kg) “qiroli” Israel Adesanya hamda yarim og‘ir vazn (83.9-93 kg) toifasi chempioni polyak Yan Blaxovich o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, o‘ta engil vazn (56.7-61.2 kg) chempioni Pyotr Yan da’vogar Anjemeyn Sterlingga qarshi oktagonga ko‘tarilsa, ayollar o‘rtasida “Pound for Pound” etakchisi, o‘ta engil vazn chempioni (56,7-61,2 kg) Amanda Nunes Megan Anderson bilan jang qiladi.

Asosiy kardning qolgan to‘qnashuvlarda  ham super jangchilar oktagonga ko‘tariladi.

Quyida ushbu juftliklar ro‘yxatini taqdim etamiz.

Super engil vazn (52,2-56,7 kg)

Yozef Benvides (AQSh) – Askar Askarov (Rossiya).

O‘ta engil vazn (56,7-61,2 kg)

Dominik Kruz (AQSh) – Keysi Kenni (AQSh).

Engil vazn (65,8 — 70,3 kg)

Islom Maxachev (Rossiya) – Dryu Dober (AQSh)

Yarim og‘ir vazn (83.9-93 kg)

Tyago Santos (Braziliya) – Aleksandr Rakich (Avstriya)

“UFC 259” turniri UZREPORT TV orqali jonli ravishda efirga uzatiladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!